1. Baxt ato etadi, hatto, kayfiyatingiz yoʻq boʻlsa ham!

Miya faoliyati bevosita tanamiz bilan bogʻliqligini bilasiz-a? Bir bor kuldingizmi, miyaga «Siz baxtlisiz!» degan xabar borib tushadi. Natijada organizm turli xil endorfinlarni ishlab chiqara boshlaydi va oʻz-oʻzidan kayfiyatingiz koʻtariladi. Bu haqiqat 1980 yilda aniqlanib, ilmiy tasdigʻini topgan.

2. Atrofdagilarga quvonch ulashasiz.

Kulgu — yuqumli. Axir siz jilmaysangiz, oʻz-oʻzidan yoningizda dugonangiz, hatto, notanish odam ham kulib qoʻyadi. Toʻgʻrimi? Xoʻsh keyin-chi, deysizmi? Yuqoridagi birinchi hodisa roʻy berib, yon-atrofingizdagilar ham xursand boʻladi.

3. Joziba bagʻishlaydi!

Chiroyli tabassum kishining goʻzal va koʻngli tozaligidan dalolat. Ayniqsa, ayollar, qizlarimiz doim kulib yurishlari shart. Ishga qabul qilishayotganda, uchrashuvda, noziktaʼb begingizning jahli chiqqanda... bir kulib qoʻying-chi? hammasi ijobiy hal boʻladi.

4. Tushkunlikni magʻlub etadi.

Kun juda ogʻir oʻtdi... Chop-choplardan charchadingiz, dedi-dedilardan asabiylashdingiz. Koʻzguga qarab, horgʻin chehrangizga koʻzingiz tushib, barcha muammolaringiz xayolingizga yopirilib keladi. Tushkunlik oʻz domiga tortayaptimi? Qani, bir jilmayib qoʻying-chi. Kulib turgan aksingizning oʻzi quvonchli onlaringizni esga soladi. Va miyangizga signal boradi. Stress chekinadi.

5. Pardoz-andozdan ham aʼlo!

Agar siz maromiga keltirib pardoz qilsangiz-u, ammo kayfiyatingiz tund boʻlsa, bundan ne naf? 69 foiz kishilarning taʼkidlashicha, ayolni kulgu har qanday pardoz vositasidan koʻra chiroyli va yosh koʻrsatarkan.

6. Sogʻlomlashtiradi!

Tabassum immun tizimi faoliyatiga ijobiy taʼsir qiladi. Qachonki siz kulsangiz, kuchga toʻlasiz. Olimlarning aniqlashicha, chin dildan kulish organizmni yogʻlardan xalos etib, muskullarni mustahkamlarkan. Tanada qon aylanishini yaxshilanadi, tinch orom olasiz. hatto turli infeksiyalardan ham asrarkan. Qon bosimi oshishi, yurak siqilishining oldini olinadi, qondagi qand miqdori normallashadi. Endi ham kulmasangiz boʻlmaydi.

7. Omad kulib boqadi!

Axir aytishadi-ku «hayotga kulib boqsang, u ham senga kuladi», deb. Odatda negadir biz jiddiy qiyofadagi kishini oʻziga ishongan, deb oʻylaymiz. Aksincha, kulib turgan, sizga doim jilmayib javob beradigan insoning oʻziga nisbatan ishonchi baland boʻlarkan. Oʻziga ishongan kishi esa hayotda oʻzi istagan marralarni zabt eta oladi.

Deyl Karnegi