Jizzax viloyati ichki ishlar organlari xodimlari hamda IIV Jizzax akademik liseyi oʻquvchilari ishtirokida Hamid Olimjon va Zulfiya ijodiga bagʻishlangan sheʼriy kecha uyushtirildi. Maʼnaviyat oyligi doirasida tashkil qilingan tadbir avvalida xalqimizning suyukli shoirlari ijodi hamda ularning nomlarini abadiylashtirish borasida amalga oshirilgan tilga olindi.
Shundan soʻng ichki ishlar organlari xodimlarining bilimlari Hamid Olimjon va Zulfiya sheʼrlarini yoddan aytish, ijodiy asarlar parchalarini tahlil etish hamda mushoira shartlari asosida sinovdan oʻtkazildi. Bellashuvda Forish tumani IIB kadrlar bilan taʼminlash guruhi katta inspektori, leytenant Shohjahon Salomov 1-oʻrinni egalladi. Keyingi oʻrinlar Mirzachoʻl tumani IIB kadrlar bilan taʼminlash guruhi katta inspektori, leytenant Ilyosjon Nurmatov hamda Sharof Rashidov tumani IIB JXX HPB inspektor-psixologi, kapitan Sojida Jumanovaga nasib etdi.
Alijon ABDUSATTOROV,
“POSTDA” muxbiri.
Jizzax viloyati.
