IIV Qorovul qoʻshinlari qoʻmondonligida vazirlik Birlashgan tahririyati tomonidan nashrga tayyorlanib, Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari, general-mayor Azizbek Ikramovning umumiy tahriri ostida chop etilgan “Kadrlar xizmati fidoyilari” kitobining taqdimoti boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Birlashgan tahririyat muxbiri, kapitan Mixli Safarov mazkur kitob haqida oʻzining fikr-mulohazalarini bildirish bilan birga, undan munosib joy olgan Qorovul qoʻshinlarida uzoq yillar samarali xizmat qilgan faxriylar, isteʼfodagi polkovnik Muhammadjon Muxtorov, isteʼfodagi podpolkovnik Akmalxoʻja Qoraxoʻjaev hamda marhum Kamol Mahmudovning soha rivojiga qoʻshgan beqiyos hissasi haqida alohida toʻxtalib oʻtdi.
– Mazkur tadbirda ichki ishlar organlarining kadrlar xizmati faoliyati hamda ushbu sohada amalga oshirilgan keng qamrovli islohotlar, mazkur tizimda jonbozlik bilan faoliyat yuritgan soha fidoyilari haqida koʻplab maʼlumotlarga ega boʻldim, – deydi IIV Qorovul qoʻshinlariga qarashli Toshkent shahrida joylashgan 7531-harbiy qism qoʻriqlab borish boʻyicha katta radiotelefonisti, oddiy askar Jahongir Jumanazarov.
Niyatbay MURZABAEV,
kapitan.
