Jizzax viloyati IIB, sohaviy xizmatlar hamda hududiy ichki ishlar organlari xodimlari va ularning oila aʼzolari viloyat musiqali drama teatri ijodkorlari tomonidan tayyorlangan “Jizzax qoʻzgʻoloni” spektaklini tomosha qildilar. Ajdodlarimizning mustabid tuzumga qarshi qonli kurashi aks etgan sahna asari tomoshabinlarning Jizzax isyoniga doir tasavvur va taassurotlarini boyitishga xizmat qildi.
Alijon ABDUSATTOROV,
“Postda” muxbiri.
Jizzax viloyati.
