* Hech qachon hech qachon dema.
Inson nimanidir aslo qila olmasligini aytib, shu orqali oʻzini oldindan muvaffaqiyatsizlik sari yoʻnaltiradi. Har bir boshlangan harakat ishning yarmi bajarilganini bildiradi, qolganini ado etish esa oʻzingga bogʻliq.
* Men buning uchun juda yoshman yoki qariman.
Bu har kimni ortga tortuvchi yana bir sabab. Yosh – shunchaki pasportdagi raqamlar va koʻp hollarda u qadar ahamiyatga ega emas. Asosiysi, odam oʻziga ishonishi, qoʻygan maqsadi sari intilishi va bu yoʻlda hech qanday bahona izlamasligi lozim.
* Buning uchun yetarlicha malakaga ega emasman.
Oʻz qobiliyati, mahorat, malaka va tajribasiga shubha qilgan odam bu bilan oʻzini muvafaqqiyatsizlikka dasturlaydi.
* Men hamma ishni barbod qilaman.
Koʻp saʼy-harakatlaring omadsiz kechgan boʻlsa-da, lekin, oʻylab koʻr: boshqa qaysidir ishni mukammal bajargan boʻlishing kerak. Demak, oʻzingga nisbatan bildirgan bu taʼrifing notoʻgʻri.
* Qoʻshgan hissalaringni kamsitma.
Kamtarlik bir tarafdan yaxshi, qilgan ishingiz uchun maqtanchoqlik qilish ham ortiqcha. Ammo inson baribir hamisha oʻz mehnati va vaqtining qadrini bilishi lozim.
Gulchehra AZIMOVA tayyorladi.
