IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash qoʻshinlariga qarashli Surxondaryo viloyatida joylashgan 7257-harbiy qismning 2022-yil chaqiruvidagi 20 nafar muddatli harbiy xizmatchilariga Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun imtiyozli tavsiyanomalar topshirildi. Tavsiyanomalarni harbiy qism komandiri, podpolkovnik Shavkat Joʻrayev tantanali ravishda topshirib, ularning kelgusi hayotlariga omad va zafarlar tiladi.

Gʻofur TOʻRAEV,

harbiy qism komandirining 

tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari