* Dushmanlarning sonidan emas, birligidan qoʻrq.

* Tarixdan olish mumkin boʻlgan yagona saboq odamlarning tarixdan hech bir saboq olmaganidir.

* Tanqid qilayotib, fikrni tanqid ostiga ol, uning muallifini emas.

* Aqlli bir umr oʻqib-oʻrganadi, ahmoq esa umr boʻyi aql oʻrgatadi.

* Jasur bir marta oʻladi, qoʻrqoq esa ming karra.

* Tinglashni oʻrgan, shunda hatto eng notoʻgʻri, yomon soʻzlardan ham naf olishga erishasan.

* Har qanday natija unga munosib kishiga roʻpara keladi.

* Pul insonni buzmaydi, shunchaki uning aslida kim ekanini koʻrsatadi.


Gulchehra AZIMOVA tayyorladi.