Ayni kunlarda respublikamiz boʻylab ichki ishlar organlarida Kasbiy tayyorgarlik oyligi davom etmoqda. Navoiy vioyati IIB tomonidan mazkur oylik doirasida xodimlar oʻrtasida “Zakovat” intellektual oʻyini tashkil etildi. Unda viloyat IIBning “Posbonlar” va “Toʻmarislar”, 7532-harbiy qismning “Burgutlar”, 7259-harbiy qismning “Lochinlar”, Jazoni ijro etish departamenti 5-Mintaqaviy hudud muvofiqlashtirish markazining “Adolat” hamda IIV Navoiy akademik liseyining “Temurbeklar” jamoalari oʻzaro bahslashdilar.
Aksar savollarga ishtirokchilar topqirlik va zukkolik bilan javob berishdi. Hakamalar hayʼati tomonidan har bir jarayon diqqat bilan kuzatilib, xolisona baholanib borildi. Qiziqarli, murosasiz ruhda oʻtgan bahslarda final bosqichiga “Posbonlar”, “Toʻmaris” hamda “Burgutlar” jamoalari yetib kelishdi. Mantiqiy savollarga boy oʻtgan intelektual oʻyinda faxrli 3-oʻrinni “Burgutlar” jamoasi, 2-oʻrinni xotin-qizlardan iborat “Toʻmarislar” jamoasi egalladi. Viloyat IIBning “Posbonlar” jamoasi esa mutloq gʻolib deb topildi. Gʻolib va sovrindorlarga viloyat IIBning diplom hamda esdalik sovgʻalari topshirildi.
Mahliyo XOLOVA,
“Postda”muxbiri.
Navoiy viloyati.
