1912-yil 14-iyuldan boshlab Buxoro jadidlari tomonidan Yangi Buxoro (hozirgi Kogon) shahrida “Turon” gazetasi oʻzbek tilida chop etilgan. Dastlab haftasiga 2 marta, soʻngra 3 marta nashr qilingan. Gazeta sahifalarida Buxoro amirligidagi iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayot tasvirlangan, amirlikda islohot oʻtkazish zaruriyati taʼkidlangan. “Turon” faqat Buxoroda emas, balki butun Turkistonda shuhrat qozongan.
Adolat Fayziyeva.
