Yaqinda Toshkent viloyati IIBBda soha faxriylari, ichki ishlar organlari xodimlari hamda IIV 2-sonli Toshkent akademik litseyi oʻquvchilari ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi” boʻlib oʻtdi.
Tadbirda soʻz olgan faxriylar uzoq yillik faoliyati va boy hayotiy tajribalaridan kelib chiqqan holda yurtimiz tinchlik-xavfsizligini munosib taʼminlash, xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etish hamda “Ustoz-shogird” anʼanalaridan samarali foydalanish borasida yoshlarga oʻz tavsiyalarini berib oʻtishdi.
Shuningdek ular tizimdagi yosh xodimlarni mard va jasur, oʻzining xizmat vazifasiga vijdonan yondoshadigan hamda qasamyodiga sodiq qolib, ona Vatanimiz osoyishtaligini koʻz qorachigʻidek asrashi yoʻlida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.
Oʻz navbatida yoshlar ham faxriylar tomonidan yuqorida taʼkidlangan barcha koʻrsatma va nasihatlarga amal qilgan holda xizmat faoliyatida ulardan keng foydalanishga qaror qilishdi.
Mixli SAFAROV,
oʻz muxbirimiz.
