* ...koʻproq toza havoda va belgilangan vaqtda oftob nuri ostida sayr qiling. Muntazam ravishda jismoniy mashqlar bajarishni, chuqur va bir maromda nafas olishni unutmang.

* ...yoʻlda ketayotib tamaddi qilmang.

* ...toʻyimli va vitaminlarga boy taomlarni isteʼmol qiling.

* ...hech qachon shoshilmang.

* ...egningizda hamisha havo oʻtkazadigan kiyim boʻlsin. Qulay va yengil bosh kiyim va poyabzallar kiyishga odatlaning.

* ...har kecha vaqtli yotib, erta tongda turishga oʻrganing.

* ...toʻliq qorongʻilashtirilgan va derazasi ochiq sokin xonada uxlang.

* ...chekish va spirtli ichimliklar isteʼmolidan voz keching.

* ...choy va qahvani meʼyoridan ziyod ichmang.

* ...dim, zax va haddan ortiq isib ketgan xonada turishdan qoching.

Yillar oʻtgani sayin inson organizmida toksinlar (zaharli moddalar) ortib boradi. Bu muqarrar holat. Agar buning oldini olish imkoni boʻlganida qarishning sababi bartaraf etilgan boʻlardi. Buni faqat toʻgʻri ovqatlanish, sport bilan shugʻullanish, vaqtida dam olish va meditasiya qilish (aqlning butun faoliyatini bir narsada jamlash, muroqaba) orqali yengib oʻtish mumkin. Ular qarish jarayonini sekinlatishga yordam beradi.

Gulchehra AZIMOVA tayyorladi.