* Mamnuniyat va xursandchilik bilan yoʻqotilgan vaqt yoʻqotilgan hisoblanmaydi.
* Vaqt – pul. Lekin hech bir mablagʻ vaqtni qaytara olmaydi.
* Baʼzan «ertangi» kun «bugun» boʻlishga ulgurmay, «kechagi» kunga aylanishi mumkin.
* Vaqt hamma savollarga javob topib beradi.
* Har bir onda baxt mujassam. Shunchaki uni koʻra bilish kerak.
* Vaqtini sen bilan oʻtkazishni istamagan odamga vaqtingni bagʻishlama.
* Har narsaning oʻz vaqti, har hodisaning oʻz soati bor.
* Vaqt uchadi, lekin sen oʻz vaqtingning uchuvchisi boʻlishing kerak.
* Nafratga bagʻishlangan har bir soat mehr-muhabbatdan yulib olingan abadiyatdir.
Gulchehra AZIMOVA tayyorladi.
