Bugungi kunda yoshlarimiz oʻrtasida harbiy xizmatning ham, tinchlik posbonlarining ham obroʻ-eʼtibori yanada ortib, ona Vatanga xizmat qilish har bir yigitning ezgu maqsadiga aylangan.

Nafsilamrini aytganda, kindik qoni toʻkilgan jonajon yurtini himoya qilish mamlakatimizda yashayotgan har bir fuqaroning muqaddas burchi sanaladi. Yigitlik burchiga sadoqatli, har tomonlama yetuk, mard va jasur oʻgʻlonlarimiz xizmat qilayotgan milliy armiyamiz esa mustaqilligimiz va tinch-totuv hayotimizning kafolatidir.

Shu bois alpqomat, oʻktam osoyishtaligimiz posbonlariga har safar koʻzimiz tushganda, qalbimiz beixtiyor cheksiz gʻurur va iftixorga limmo-lim boʻladi.

Mashrabjon SAMINJONOV,

podpolkovnik.