Vatan — inson qalbining shukuhi, ruhining quvvati. Inson borki barcha ezgu orzu-umidlari roʻyobini, baxtu iqbolini, erkin va farovon hayotini Vatan bilan chambarchas bogʻlaydi. Chunki Vatan faqat geografik hudud emas, balki u onamizdek moʻʼtabar, oilamizdek qadrdon, muqaddas goʻsha, tabarruk maskan.

"Vatanini sevadigan inson, oʻzini topgan insondir" — deb yozgan buyuk adib Sharof Rashidov. “Vatan tufayli inson, inson tufayli Vatan buyuk boʻladi” — deydi hikmat egalari.

Yurt tinchligi Vatan ravnaqini, obod va farovon boʻlishini taʼminlaydi. Shuning uchun ham biz yoshlar, Vatanimizni chin yurakdan sevib, unga sadoqat bilan xizmat qilsak yurtimiz yanada gullab-yashnaydi. Vatanga xizmat faqat qurol bilan emas, chuqur ilm, oʻtkir qalam, halol mehnat, intilish va izlanish hamda yaxshi xulq-atvor bilan boʻladi. 

Keling, Vatan uchun yashaylik, Vatanga sadoqat bilan xizmat qilaylik, zarur boʻlsa, Vatan uchun aziz jonimizni fido aylaylik!

Shahriyor NORMURODOV,

7534 harbiy qism nazoratchisi,

kichik serjant.