IIVga qarashli Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash qoʻshinlariga qarashli Samarqand viloyatida joylashgan 7252- harbiy qismda  2023-yilda muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan yosh askarlarning Vatanga qasamyod qabul qilishiga bagʻishlangan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi. 

Unda IIV oʻrinbosari general-mayor Baxodir Mirzarahimovning bayram tabrigini qism komandiri podpolkovnik Xomidjon Yusupov oʻqib eshittirdi. Shundan soʻng soʻzga chiqqan Qurolli Kuchlarimiz faxriylari hamda ota-onalar Vatanga qasamyod qilgan yosh askarlarni tabriklashdi. Oʻz oʻrnida tadbirga tashrif buyurgan askarlarning ota-onalari va yaqinlari xizmat joyida yaratilgan shart-sharoitlar, kiyim-kechak va oziq-ovqat taʼminoti hamda askarlarga koʻrsatiladigan gʻamxoʻrliklarni koʻrib, bundan juda ham mamnunligini izhor etishdi. 

Tadbir soʻngida harbiy qism maxsus vazifalarni bajaruvchi safarbarlik vzvodi harbiy xizmatchilari qoʻl jangi usullaridan qoʻrgazmali chiqish qildi.  

Adiz NARZIYEV,

Harbiy qism komandirining 

tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari,

podpolkovnik.