Margʻilon shahar Iibning bir guruh xodimlari Fargʻona shahrida joylashgan “Vatanparvarlik bogʻi”ga sayohat qilishdi.

“Maʼnaviyat marshrutlari” loyihasi doirasida tashkil etilgan sayohat davomida osoyishtalik posbonlari bogʻda joylashgan Motomsaro ona haykali va Ikkinchi jahon urushida qurbon boʻlgan ajdodlarimiz nomini adabiylashtirish maqsadida bunyod etilgan xotira monumentlarini koʻzdan kechirdilar.

Sayohat soha xodimlari qalbida Vatanga muhabbat, ajdodlarimiz xotirasiga boʻlgan hurmat tuygʻularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Abduvosit SIDIQOV,

“Postda” muxbiri.

Fargʻona viloyati.