Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasida joriy yilning oʻtgan davrida xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etilishini taʼminlash hamda xodimbay ishlash borasida amalga oshirilgan tadbirlar tahliliga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi. Viloyat ichki ishlar boshqarmasi, sohaviy xizmatlar hamda hududiy ichki ishlar boʻlimlari rahbarlari va masʼullari ishtirokida uyushtirilgan yigʻilishda Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari, general-mayor Azizbek Ikramov soʻzga chiqdi.

Notiq IIV ishchi guruhi tomonidan xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etilishi hamda maʼnaviy-maʼrifiy ishlar sifati 3 kun davomida oʻrganilganligini bayon qilar ekan bu borada ayrim ichki ishlar organlari faoliyatida kamchiliklar kuzatilganligini bildirdi. Shuningdek, mazkur yoʻnalishda erishilgan natijalar eʼtirof qilindi.

Yigʻilishda mavjud nuqsonlarni bartaraf etish rejalari belgilab olindi. Mazkur jarayonda xodimlarning vatanparvarlik tuygʻularini kuchaytirish hamda intellektual salohiyatini yuksatiltirish maqsadida boshlangʻich kasbiy tayyorgarlik, qayta tayyorlash va malaka oshirishni sifatli tashkil qilish, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar uyushtirish, ustoz-shogird anʼanasini keng tatbiq etish yuzasidan tavsiya va topshiriqlar berildi. Xuddi shunday, tizimda tamagirlik, qoʻpollik, xizmat vazifasini suisteʼmol qilmaslik hamda faoliyati bilan hamkasblariga ibrat boʻlayotganlarni ragʻbatlantirish, soha vakillariga yaratilayotgan imtiyozlar xususida soʻz yuritildi.

Tadbirda Jizzax viloyati IIB boshligʻi, general-mayor Gʻayrat Qodirov soʻzga chiqib, xodimlarning xizmat, jangovar, jismoniy va axloqiy-psixologik tayyorgarligini oshirish boʻyicha qilinayotgan ishlar haqida maʼlumot berdi. Yigʻilishda Ichki ishlar vazirining buyrugʻi asosida podpolkovnik Ismoil Amonov Jizzax viloyati IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshligʻi lavozimiga, shuningdek kapitan Muzaffar Shodmonov Forish tumani IIB boshligʻining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari lavozomiga tayinlanganligi eʼlon qilindi.         

Alijon ABDUSATTOROV,

“Postda” muxbiri.

Jizzax viloyati.