8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.
Tadbirga uzoq yillar ichki ishlar organlarida xizmat qilgan, hozirda nafaqada boʻlgan faxriylar, ayni paytda turli sohaviy xizmatlarda xizmat qilib kelayotgan shahodatlangan xodimlalar va erkin yollangan xotin-qizlar taklif etildi. Bayram tadbirida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, polkovnik B.Torebekov soʻzga chiqib, yigʻilganlarini bayram bilan tabrikladi.
Tantanali tadbir davomida bir guruh xotin-qizlarga esdalik nishonlari, unvonlar va sovgʻalar topshirildi. Shu bilan birga, vazirlik tarkibidagi xodimalar oʻrtasida oʻtkazilgan sport musobaqasi gʻoliblari ham munosib taqdirlandi.
Bayram tadbiri madaniyat va badiiy sanʼat sohasi vakillarining konsert dasturi bilan yanada zavqli tus oldi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV Axborot xizmati.
