Davlat ramzlari har bir mamlakatning, xalqning oʻtmishi, buguni va kelajagini oʻzida aks ettiradi. Oʻzbekiston Respublikasining davlat gerbi qabul qilingan kun munosabati bilan Navoiy viloyati IIBda madaniy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi. Unda faxriylar, yosh xodimlar hamda IIV Navoiy akademik liseyi oʻquvchilari ishtirok etdi.
Soʻzga chiqqanlar gerbimizdagi har bir tasvir, rang, chiziq va belgining maʼno-mazmuni haqida toʻlqinlanib gapirishdi. Jumladan, unda ulugʻlik, fidoyilik va oliyjanoblik, xalqimizning ezgu orzu-umidlari ifodalanganini taʼkidlashdi.
Ushbu tarixiy sanaga bagʻishlangan yana bir tadbir Navoiy viloyati hokimligi bilan hamkorlikda shaharning markaziy shoh koʻchasida tashkil etildi. Unda huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari ishtirok etishdi.
Mahliyo XOLOVA,
“Postda” muxbiri.
.
