Qashqadaryo viloyati IIB boshligʻi oʻrinbosari, polkovnik Farrux Toirov Shahrisabz tumanidagi 3-sektorga qarashli “Xalqobod” mahallasidagi otaliqqa olingan yoshlar bilan uchrashdi.
Tadbirda mahalladagi 74-maktabning yuqori sinf oʻquvchilariga tushunchalar berilib, kelgusidagi orzulari, rejalari haqida suhbatlashildi. Soʻngra oʻquvchilar Shahrisabz shahridagi “Oqsaroy” majmuasi, Temuriylar tarixi muzeyi va boshqa madaniy meros obʼektlari bilan yaqindan tanishdilar.
Yakunda oʻquvchilarga turizm politsiyasining vazifalari, ular xizmat vaqtida foydalanadigan maxsus transport texnikalari va boshqa vositalar haqida tushunchalar berildi.
Javlon ALLAYEV,
kapitan.
Qashqadaryo viloyati.
