Mustaqillik bayrami munosabati bilan IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash qoʻshinlari shaxsiy tarkibi mehr va koʻmakka muhtoj boʻlganlarga yana bir bor yordam qoʻlini choʻzishdi. Oʻzbek xalqimizga xos boʻlgan xayr-saxovat, hamjihatlik va bagʻrikenglik kabi azaliy qadriyatlar yanada keng namoyon boʻldi. IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash qoʻshinlarida xizmat qilgan marhum podpolkovnik Karimova Venera Turdiyevnaning boquvchisiz qolgan toʻrt nafar bolalari holidan xabar olinib, ularga turliy xildagi oziq-ovqat mahsulotlari hamda voyaga etmagan bir nafar farzandiga maktab oʻquv qurollari sovgʻa tariqasida topshirildi. Ezgulikka yoʻgʻrilgan bu xayriya tadbirlari jamiyatimizda mehr-oqibat, odamiylik, ezgulik kabi fazilatlarni yanada kuchaytirishi bilan birga, barchani xayrli va savob ishlar sari undaydi.

Doston Rajabov,

mayor.