Xiva shahri 2024-yilda “Islom dunyosining turizm poytaxti” deb eʼlon qilindi. Shu munosabat bilan bu koʻhna zaminda Islom Hamkorlik Tashkilotiga aʼzo davlatlarning nufuzli yigʻilishlari, xalqaro festivallar va uchrashuvlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan. 

Mazkur tadbirlarni tinch va osoyishta oʻtkazish uchun viloyat IIB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi hamda manfaatdor tashkilotlar hamkorligida reja-dastur ishlab chiqilgan boʻlib, bu boradagi tadbirlar samarali davom etmoqda. Xususan, shahar hududida xavfsiz turizmni taʼminlash maqsadida Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumani tajribasi asosida “Xavfsiz shahar” yagona integratsiyalashgan tizimini ishga tushirish koʻzda tutilgan. Shu maqsadda shahardagi 122 ta obyektga jami 244 ta zamonaviy kuzatuv kamerasini oʻrnatish ishlari davom etmoqda. Bu yurtimizga tashrif buyurayotgan sayyohlarning xavfsizligini taʼminlash, jinoyat hamda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Sabohat SULTONOVA,

katta leytenant.

Xorazm viloyati.