Tobora ommalashib borayotgan “Zakovat” bilimdonlar bellashuvi koʻplab yoshlarni bilim olishga, mutolaaga oshno qilishda ijobiy samara bermoqda.
Unda Samarqand viloyati ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan ayol xodimalar oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini yaratish, ularning huquqiy ongi va savodxonligini oshirish, bilim va kasbiy mahoratlarini yanada yuksaltirish maqsadida “Zakovat” intellektual bellashuvi oʻtkazildi. Jamoalarga boʻlingan holda oʻzaro bilim va zukkoliklarini sinovdan oʻtkazdi.
“Zakovat” intellektual oʻyini yakuniga koʻra, 1-oʻrin “Zulfiyaxonim” jamoasiga, 2-oʻrin “Toʻmaris” jamoasiga, 3-oʻrin esa “Bibixonim” jamoasiga nasib etdi.
Gʻoliblarga viloyat IIB boshligʻining diplom va esdalik sovgʻalari topshirildi.
Samarqand viloyati.