Bugun IIV Madaniyat saroyida vazirlik markaziy apparati xodimlari bilan “Oʻzaro doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik – tinchlik garovi” mavzusida navbatdagi maʼnaviyat va maʼrifat darsi boʻlib oʻtdi.
Uning avvalida soʻz olgan Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti kafedra mudiri, siyosiy fanlar doktori, professor Narzulla Joʻrayev bugungi kunda mamlakatimizning dunyo hamjamiyatida tutgan oʻrni hamda qoʻshni davlatlar bilan har tomonlama samimiy aloqalari haqida batafsil toʻxtalib oʻtdi.
Tadbirning ikkinchi qismida esa, Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari, general-mayor Azizbek Ikramov tomonidan tizimda samarali xizmat qilayotgan bir guruh xodimlarga uy-joy sotib olishi uchun uning 25 foizi miqdoridagi dastlabki badal pullari tantanali ravishda topshirildi.
Ushbu tadbirning toʻliq tafsiloti bilan gazetamizning navbatdagi sonida tanishasiz.
