Oʻzbekiston Respublikasi IIV Madaniyat saroyi Ashula va raqs ansamblining xushovoz xonandalari, soʻz ustalari ishtitokida Buxoro viloyatining shahar-tumanlarida konsert dasturi tashkil qilinmoqda. Jumladan, Qorakoʻl tumani amfiteatri va Vobkent tumani markaziy oʻyingohida hamda Buxoro shahridagi Yoshlar markazida konsertlar boʻlib oʻtdi.

   Tadbirlarda ichki ishlar xodimlari, ularning oila aʼzolari, xizmat vazifalarini bajarish chogʻida halok boʻlgan xodimlarning oila aʼzolari hamda sanʼatga ixlosmand yoshlar ishtirok etishdi.   

  Konsert dasturlari davomida IIO safida oʻz xizmat vazifasini bajarayotgan chogʻida halok boʻlgan xodimlarning oila aʼzolariga sovgʻalar topshirildi.

    Qisqasi, xushovoz xonandalar va soʻz ustalarining chiqishlari konsert ishtirokchilariga bayramona kayfiyat ulashdi.

Oʻz muxbirimiz.

Buxoro viloyati.