IIV Samarqand akademik liseyida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning “Yangi Oʻzbekiston demokratik oʻzgarishlar, keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatiga aylanmoqda” kitobining taqdimoti boʻlib oʻtdi.
Akademik lisey oʻquvchilari hamda oʻqituvchilar ishtirok etgan tadbirni taʼlim muassasasining ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi mudiri Joʻrabek Boynazarov ochib, Yangi Oʻzbekistonda demokratik tamoyillar asosida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohatlar xususida toʻxtaldi. “Yangi Oʻzbekiston” degan tushuncha real voqiylikka aylanib, ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning tashabbuskori, ularning islohatchisi mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoev ekanligini aytib oʻtdi.
Shuningdek, davlatimiz rahbari tomonidan Yangi Oʻzbekistonni va Uchinchi Renessans poydevorini barpo etish borasida amalga oshirilayotgan tub oʻzgarishlar va islohotlarning maqsadi, mazmun-mohiyati hamda ustuvor yoʻnalishlari, milliy taraqqiyot istiqbollari haqida tadbir ishtirokchilariga tushunchalar berdi.
Taqdimotda oʻquvchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.
Gulnoza TURGʻUNBOEVA,
“Postda” muxbiri.
Samarqand viloyati.
