Eng ulugʻ, eng aziz bayramimiz mamlakatimiz mustaqilligining 32 yilligi arafasida Quyichirchiq tumani 1-sonli IIB binosida yangi kutubxona foydalanishga topshirildi. Uning ochilishida ishtirok etgan bir guruh mutasaddilar ziyo maskanida kitobxonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.

Shuningdek, mazkur tadbir doirasida “Kitob aksiyasi” hamda ushbu tuman IIB tarixiga oid “Burchga sodiq oʻgʻlonlar” nomli kitobning taqdimot marosimi ham boʻlib oʻtdi.  

 Yuqori saviyada tashkil etilgan mazkur tadbir yakunida osoyishtaligimiz posbonlari va hudud ahlining maʼnaviy salohiyatini yanada oshirishga beminnat xizmat qiluvchi ushbu kutubxona faoliyatiga ulkan muvaffaqiyatlar tilandi.

Mixli SAFAROV,

oʻz muxbirimiz.