Viloyat hokimining tegishli farmoyishiga asosan, Buxoro shahrining Guliston mahallasi hududida viloyat sektorlari hamda tashkilot va korxonalar vakillari tomonidan “Yashil bogʻ” barpo etilmoqda. Hashar davomida bogʻ hududiga yangi nihol koʻchatlari ekilib, daraxtlar oqlanib, ariqlar tozalanmoqda. Viloyat IIB xodimlari ham xalqimizga toza va musaffo tabiat qoldirishda oʻz hissalari qoʻshishmoqda.

Oʻz muxbirimiz.

Buxoro viloyati.