Viloyat ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan yosh xodimlarning 11 oy davomida erishgan yutuqlari hamda ular tomonidan sodir etilgan xizmat intizomi va qonun buzilishi bilan bogʻliq holatlar, shuningdek, korrupsiya holatlariga yoʻl qoʻymaslik borasida tahliliy-tanqidiy muhokama yigʻilishi oʻtkazildi. Mazkur yigʻilishda viloyat IIB rahbariyati, Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Buxoro viloyati boshqarmasi masʼul xodimlari va Masjidi kalon imom xatibi J.Mavlonov hamda faxriylar ishtirok etdi.

Yigʻilishni boshqarma boshligʻi oʻrinbosari, podpolkovnik Umid Utayev ochib, xodimlarning axloqiy-ruhiy holatini nazorat qilish, psixologik xizmat sifatini oshirish borasida soʻz yuritdi. Ayniqsa, tamagirlik, poraxoʻrlik, xizmat vazifasini suiisteʼmol qilish bilan bogʻliq illatlarga yoʻl qoʻymaslik, bu kabi salbiy holatlar yuz berganda qatʼiy choralar koʻrilishi taʼkidlandi. Shuningdek, faxriylar tomonidan yosh xodimlarga bir qator ijobiy tavsiyalar bildirilib, xizmatiga sodiq, halol mehnat qilayotgan xodimlar va ularning murabbiylarini qoʻshimcha ragʻbatlantirish masalasiga ham alohida eʼtibor qaratish lozimligi aytib oʻtildi.

Tadbirda viloyat IIB MM va KBTX yosh xodimlar bilan ishlash guruhi katta inspektorining tahliliy hisoboti tinglanib, muhokama qilindi. 

Tahliliy va tanqidiy ruhda oʻtgan muhokama yigʻilishida Oʻzbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Buxoro viloyati boshqarmasi masʼullari tomonidan xizmat intizomini buzishga moyil ayrim yosh xodimlar qattiq ogohlantirilib, ularga xizmat va ijro intizomiga qatʼiy rioya qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, huquqbuzarlik va jinoyatlarning barvaqt oldini olish borasidagi tezkor, profilaktik va tashkiliy tadbirlarni oʻz vaqtida, sifatli va samarali tashkil etish yuzasidan topshiriqlar berdi.

 J.SHUKURLAYEV,

katta leytenant.

Buxoro viloyati.