IIV Kasbiy tayyorgarlik boshqarmasi oʻquv-dala markazida “Yoshlar oyligi” munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi “Istiqbolli avlod” ijtimoiy axborot markazi tomonidan “Bolalarga nisbatan doʻstona munosabatda boʻlish va gender masalasidagi odil sudlov” mavzusida boshlangʻich kasbiy tayyorgarlikni oʻtayotgan inspektor-psixologlar bilan uch kunlik seminar-trening oʻtkazildi.

Trening Oʻzbekiston Respublikasi “Istiqbolli avlod” ijtimoiy axborot markazi yuristi Shohrux Rahmonov tomonidan oʻtkazilib, bundan asosiy maqsad qonun bilan aloqada boʻlgan bolalar qiziqishlarini hisobga olgan holda yuridik yordam koʻrsatish borasida inspektor-psixologlar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish ekani taʼkidlandi. 

Tinglovchilarning qiziqishlarini orttirish maqsadida trening savol-javob tariqasida oʻtkazilib, bolalar orasida va bolalarga nisbatan zoʻravonlik holatlarining oldini olish, kelajagimiz egalari uchun xavfsizlik va qonun himoyasini taʼminlash, voyaga yetmaganlarga maslahatlar berish va huquqlarini tushuntirish, gender tenglikka asoslangan yuridik yordam koʻrsatish mavzularida bilim va koʻnikmalari oshirildi.

IIV Malaka oshirish instituti matbuot xizmati