Kogon tumanidagi 18-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi oʻquvchilarini harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida 7258-sonli harbiy qism shaxsiy tarkibi bilan “Maʼnaviyatli yoshlar vatan tayanchi” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi. Tadbir davomida oʻquvchi yoshlar harbiy xizmatchilar tomonidan koʻrgazmali chiqishlar va zamonaviy qurol-aslahalar bilan tanishtirildi. 

 Qisqasi, tadbirda oʻquvchi yoshlar maroqli dam olishdi.

A.ELOV, 

podpolkovnik.   

Buxoro viloyati.