Ongimizni Vatanga muhabbat, burchga sadoqat tuygʻulari bilan boyitadi. Qalbimizga insoniylikning eng goʻzal fazilatlarini olib kiradi. Shu bois, bu fidoyi insonlarning xizmatlari yuksak qadrlanib, Oʻqituvchi va murabbiylar kuni yurtimizda ulugʻ bayram sifatida keng nishonlanadi.

   Xorazm viloyati IIBda ham  mazkur sanaga bagʻishlangan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi. Kechaga ichki ishlar organlari xodimlari, yurt osoyishtaligini taʼminlashga munosib hissa qoʻshayotgan faxriylar taklif qilindi. Tadbirda viloyat IIB boshligʻi, polkovnik R. Sultanxodjaev soʻzga chiqib, ustoz-murabbiylarga nisbatan minnatdorlik tuygʻusi qadim-qadimdan xalqimiz eʼzozlab kelayotgan azaliy qadriyatlardan biri ekanligi, bu kasb egalariga nisbatan sogʻinch, cheksiz hurmat va ehtirom, minnatdorlik tuygʻulari qalbimizdan munosib joy olganligini alohida taʼkidlab oʻtdi va ularni bayram bilan samimiy qutladi. 

   Tadbirda viloyat IIB boshligʻining maslahatchisi, isteʼfodagi polkovnik R. Raximov, faxriylar kengashi raisi, isteʼfodagi polkovnik A.Tojiyev, isteʼfodagi polkovnik I.Hamidulinlar soʻzga chiqib, koʻrsatilayotgan bunday hurmat va ehtirom uchun boshqarma rahbariyatiga minnatdorlik bildirishdi va xizmat paytida ustoz-murabbiylar bilan bogʻliq boʻlgan hayotiy voqealarni yodga olishdi.

   Tantanali kechada yurt osoyishtaligini taʼminlashdek sharafli vazifani sidqidildan ado etib, hamkasblariga oʻrnak boʻlayotgan hamda yurtimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga munosib hissa qoʻshayotgan bir guruh ichki ishlar organlari xodimlari hamda faxriylariga viloyat IIBning Faxriy yorligʻi hamda esdalik sovgʻalari topshirildi.                                         

 Xudoybergan JABBOROV,

oʻz muxbirimiz.

Xorazm viloyati.