Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlari tashkil etilganining 30 yilligi hamda soha xodimlarining kasb bayrami tadbiri boshqa joylarda boʻlgani singari, Navoiy viloyatida ham koʻtarinki ruhda oʻtkazildi. Dastlab viloyat IIB boshligʻi, polkovnik A. Tasbayev Ichki ishlar vazirining bayram tabrigini oʻqib eshittirdi. Soʻng samarali xizmat qilib, yuqori natijalarga erishgan, yoshlarni ona Vatanga muhabbat, burchga sadoqat ruhida tarbiyalashga katta hissa qoʻshgan xodimlarga esdalik, koʻkrak nishonlari hamda faxriy yorliqlar topshirildi.
Viloyat IIB xodimlaridan tashkil topgan havaskorlar jamoasi sohaviy xizmatlarga oid hazil-mutoyibalari hamda sahna koʻrinishlari orqali tantanali tadbir ishtirokchilariga koʻtarinki kayfiyat bagʻishladi. Shuningdek, iqtidorli xodimlar ijrosida dilrabo kuy-qoʻshiqlar yangradi.
Mahliyo XOLOVA,
“Postda” muxbiri.
Navoiy viloyati.
