Xizmat safari bilan IIV Qorovul qoʻshinlariga qarashli Qarshi shahrida joylashgan 7533-harbiy qismda boʻlgan qoʻshinlar qoʻmondonining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari, polkovnik Davron Ashurov shaxsiy tarkib bilan profilaktik yigʻilish oʻtkazdi.

Unda soʻz olgan qoʻmondon oʻrinbosari soʻnggi yillarda qoʻshinlarda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar, erishilgan yutuqlar bilan birgalikda, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarga ham toʻxtalib oʻtdi. Shuningdek, harbiy xizmatchilarning muammolarini oʻrganish va bartaraf etish hamda davlatimiz rahbari tomonidan joriy yilning 20 yanvarʼ kuni imzolangan “Ichki ishlar organlarini professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yoʻnaltirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorining mazmun-mohiyati boʻyicha fikr yuritdi.

Bundan tashqari, vatanimiz himoyachilari oʻrtasida jinoyatchilikning oldini olish, tavakkalchilikka asoslangan qimor oʻyinlarining salbiy oqibatlari va ularga chek qoʻyish boʻyicha tushuntirishlar olib borib, bu borada masʼullarga ham bir qator vazifalar yukladi. 

Mixli SAFAROV,

“Postda” muxbiri.