Yaqinda Toshkent viloyati IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasida mazkur soha vakillari ishtirokida oʻtgan yilda amalga oshirilgan ijobiy ishlar hamda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar yuzasidan hisobot yigʻilishi tashkil etildi.
IIV huzuridagi Tergov departamenti boshligʻining birinchi oʻrinbosari, polkovnik Baxtiyor Jalolov boshchiligida boʻlib oʻtgan mazkur yigʻilishda joriy yilni ushbu soha xodimlari uchun “Tergov sifatini oshirish yili” deb belgilanganligi, endilikda, har bir tergovchi oʻziga yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarib, yuqori natijalarga erishishi maʼlum qilindi.
Shuningdek, tadbirda yuqori natijalarga erishgan tergov boʻlinmalari “Eng yaxshi tergov jamoasi” reytingi boʻyicha mukofotga loyiq topildi. Shu bilan birga, xizmat vazifasiga sidqidildan yondashib, hamkasblariga namuna boʻlib kelayotgan bir guruh tergovchilar ham IIV huzuridagi Tergov departamentining faxriy yorligʻi hamda IIBBning pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
Bundan tashqari, uzoq yillar davomida mazkur tizimda samarali xizmat qilib, uning rivojiga munosib hissa qoʻshgan ikki nafar soha fidoyisi ham izzat-ikrom bilan pensiyaga kuzatildi.
Mixli SAFAROV,
“Postda” muxbiri.
