Namangan viloyati IIB boshligʻining buyrugʻiga asosan tizimda xizmat qilayotgan ayol xodimalar oʻrtasida “Zakovat” intellektual musobaqasi tashkil etildi.Unda 6 jamoa ishtirok etib, oʻzlarining professional bilim darajasi, maʼnaviy-axloqiy saviyasi, mantiqiy fikrlash koʻnikmalari, bilim va iqtidorlarini sinovdan oʻtkazdilar. Yakuniy natijalarga koʻra, faxrli birinchi oʻrinni “Zulfiyaxonim” jamoasi egalladi. Ikkinchi oʻrin “Everest”, uchinchi oʻrin “Humo” jamoalariga nasib etdi. Gʻoliblarga boshqarma rahbariyatining diplom va esdalik sovgʻalari topshirildi.

Mahliyo Ubaydullayeva, podpolkovnik.