Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlari xodimlari oʻrtasida “Zakovat” intellektual oʻyinlarini oʻtkazish anʼana tusini olmoqda. Yaqinda Termiz shahridagi «Matbuot uyi»da boʻlib oʻtgan musobaqada viloyat IIB, shahar va tuman ichki ishlar organlari hamda IIV Surxondaryo akademik liseyi xodimlaridan iborat 12 ta jamoa oʻzaro bellashdi. 

Fikrni charxlashga va xotirani mustahkamlash hamda mantiqiy yondasha olish qobiliyatini shakllantiradigan ushbu intellektual oʻyin bu gal ham bir-biridan qiziq savol-javoblarga boy oʻtdi. Albatta, nihoyada gʻoliblar aniqlanib, 1-oʻrin Sariosiyo tumani IIB, 2-oʻrin Bandixon tumani, 3-oʻrin esa Qumqoʻrgʻon tumani IIB jamoalariga nasib etdi. 

Gʻolib va sovrindorlar boshqarma boshligʻining diplom, kitoblar jamlanmasi hamda qimmatbaho sovgʻalari bilan taqdirlandi. 

 Feruza RAHMONQULOVA,

“Postda” muxbiri.

Surxondaryo viloyati.