Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari, general-mayor B. Mirzarahimov boshchiligidagi ishchi guruh Qorovul qoʻshinlariga qarashli 7532-harbiy qism (Navoiy shahri) hamda Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash qoʻshinlariga qarashli 7259-harbiy qism (Navoiy shahri) da boʻlib, oʻrganishlar olib bordi.

Oʻrganish jarayonida Vatanimiz himoyachilari bilan harbiy intizomga qatʼiy rioya qilish, jinoyat hamda huquqbuzarliklar sodir etmaslik, oʻz burchini halol, vijdonan bajarish toʻgʻrisida profilaktik suhbat olib borildi. Shuningdek, ishchi guruh vakillari harbiy qismlarda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi. Muddatli harbiy xizmatchilarning ijtimoiy muammolari oʻrganilib, ijobiy hal qilish yuzasidan zarur koʻrsatmalar va tavsiyalar berildi.

Mahliyo XOLOVA,

“Postda” muxbiri.

Navoiy viloyati.