Ichki ishlar organlari xodimlarini ijtimoiy jihatdan qoʻllab- quvvatlash haqida gap ketar ekan, ularning turar joyga ega boʻlishi ham muhim ahamiyatga ega. Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasida boʻlib oʻtgan tadbirda 17 nafar xodimga ipoteka krediti asosida turar joy sotib olishi uchun dastlabki badal puli toʻlab berilgani maʼlum qilindi. Ularga toʻlov sertifikatlari topshirildi. Tadbir soʻzga chiqqan xodimlar, ularning oila aʼzolari boshqarma rahbariyatiga bunday gʻamxoʻrlik uchun minnatdorchilik bildirishdi.  

Mahliyo XOLOVA,

“Postda” muxbiri.

Navoiy viloyati.