Xorazm viloyati IIB Probasiya boʻlimi tashabbusi bilan Urganch shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida mazkur boʻlim hisobida turgan shaxslarni doimiy ish oʻrni bilan taʼminlash maqsadida navbatdagi “Boʻsh ish oʻrinlari mehnat yarmarkasi” tashkil etildi. Ushbu tadbirda IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Probasiya xizmati boshligʻi, polkovnik O.Oʻrinboev hamda Xorazm viloyati IIB masʼul xodimlari ishtirok etib, taklif etilgan boʻsh ish oʻrinlari va ish beruvchilar tomonidan qoʻyilgan shartlar va yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishishdi.

  Mehnat yarmarkasida probasiya boʻlimi hisobida turgan 100 nafardan ortiq shaxslar ishtirok etib, ularning 35 nafari doimiy ish oʻrniga ega boʻlishdi.

  Shuningdek, tadbir ishtirokchilari “Ishga marhamat” monomarkazi faoliyati va u yerda tahsil oluvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan ham tanishish imkoniga ega boʻlishdi. 

Zokir ISMOILOV,

podpolkovnik.