Toshkent shahar IIBB tezkor-qidiruv xizmati xodimlari tomonidan pirotexnika buyumlarining qonunga xilof ravishda tarqatilishining oldini olish maqsadida muntazam ravishda profilaktik tadbirlar oʻtkazib kelinmoqda. «Xavfsiz va sogʻlom yurt” tadbirlari doirasida oʻtkazilgan navbatdagi holatda Bektemir tumani Birlik koʻchasida “Kobalt” rusumli avtoulov tekshiruv uchun toʻxtatilgan. Tekshiruv jarayonida mazkur transport vositasining saloni va yukxonasi koʻzdan kechirilganda, 10 ta un qopiga yashirilgan holda jami 75 million soʻmlik pirotexnika buyumlari borligi aniqlangan.

 Oʻz muxbirimiz.

 Toshkent shahri.