Ichki ishlar organlarida faol kitobxonlar safini kengaytirish va notiqlik xususiyatlarini yuksaltirish maqsadida viloyat ichki ishlar organlari xodimlari oʻrtasida “Eng yaxshi kitobxon” koʻrik-tanlovining viloyat bosqichi oʻtkazildi.

30 nafardan ziyod xodimlar ishtirok etgan koʻrik-tanlov uch bosqichda boʻldi. Tanlovda bor bilimini mahorat bilan namoyon eta olgan Shofirkon tumani IIB profilaktika inspektori, katta leytenant Azizbek Abdullayev gʻolib boʻldi va respublika bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi. Gʻolib va sovrindorlar faxriy yorliq, qimmatbaho sovgʻalar va kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlandi.  

J.SHUKURLAYEV,

kapitan.

Buxoro viloyati.