Prezidentimizning “Jazo muddatini oʻtayotgan, qilmishiga chin koʻngildan pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga qatʼiy oʻtgan bir guruh shaxslarni afv etish toʻgʻrisida”gi farmoniga asosan, 488 nafar shaxs afv etildi. Ular qatorida Buxoro viloyatida istiqomat qiluvchi 18 nafar shaxs ham bor.
IIV masʼullari hamda viloyat IIB rahbariyati boshchiligidagi ishchi guruh ularning xonadonlarida boʻlib, oilaviy sharoitlar, mavjud muammolarni oʻrganishmoqda. Jumladan, Shofirkon, Gʻijduvon va Jondor tumanlarida istiqomat qiluvchi afv etilgan fuqarolar holidan xabar olindi. Ularning oilaviy sharoiti va muammolari oʻrganildi, tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi. Jarayonlarda davlatimiz rahbari tomonidan berilgan imkoniyatlardan oqilona foydalanish borasida tushunchalar berildi. Shuningdek, bugungi kunda afv etilgan fuqarolarni ijtimoiy hayotga moslashtirish, ish bilan taʼminlash, muqim daromad manbaini yaratish borasida tegishli chora-tadbirlar olib borilmoqda.
M.HAMROYEV,
kapitan.
Buxoro viloyati.
