Gʻijduvon tumani “Sarmijon” mahallasida yashovchi I.U. hamda uning ukasi I.O. Buxoro shahar “Mirzo Ulugʻbek” mahallasida joylashgan Ibn Sino va A.Gʻijduvoniy koʻchalari kesishmasida Vobkent tumani “Quruvchi” mahallasida yashovchi, R.A. hamda vobkentlik yana bir fuqaro 2001-yilda tugʻilgan Sh.A.lar bilan oʻzaro hech bir sababsiz janjallashib qolishadi. Aka-uka janjal vaqtida ularning bosh qismi va tanasining boshqa joylariga qoʻllari bilan urib, yengil tan jarohati yetkazib bezorilik jinoyatini sodir qilishadi.
Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar IIOFMB tomonidan jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Hozirgi kunda tergov harakatlari olib borilmoqda.
N.RAJABOV,
mayor.
Buxoro viloyati.
