IIV Fargʻona akademik litseyiga yangi qabul qilingan oʻquvchilar uchun mahorat darslari oʻtkazildi.

Tadbirda Fargʻona viloyati IIB boshligʻining oʻrinbosari, polkovnik Fayzilla Ortiqboev, viloyat IIB boshligʻining maslahatchisi, isteʼfodagi polkovnik Ibragim Ismailov, Faxriylar kengashi raisi, isteʼfodagi podpolkovnik Arabboy Usmonov ishtirok etib, oʻquvchi-yoshlarga qimmatli maslahatlarini berdi.

“Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz” mavzusida tashkil etilgan mahorat darsi davomida tajribali ustozlar boʻlajak yurt posbonlariga ichki ishlar organlari xodimlarining xizmati naqadar sharafli va masʼuliyati ekanligi, bugun sohaning moddiy-texnik baʼzasini mustahkamlash va xodimlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar boʻyicha tushunchalar berdilar.

Samimiy muloqot ruhida oʻtgan tadbir oxirida oʻquvchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga ustozlardan javob olishdi.

Abduvosit SIDIQOV,

“Postda” muxbiri.

Fargʻona viloyati.