Navoiy viloyati IIB boshligʻi, polkovnik A. Tasbaev navbatdagi shaxsiy qabulini oʻtkazdi. Qabul jarayonida fuqarolarning oʻnga yaqin murojaatlari tinglandi. Aksariyat murojaatlar dastlabki tergov harakatlari, tibbiy yordam, shuningdek ishga joylashish kabi masalalarda boʻldi.
Jumladan, karmanalik II guruh nogironi Sayyora Tosheva farzandi yoʻl-transport hodisasi tufayli jarohatlanganligi sababli operativ muolajaga muhtoj ekanligini, lekin bunga moddiy jihatdan imkoniyati yoʻqligini aytdi. Uning muammosi shu kunning oʻzida viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazi bilan hamkorlikda hal etildi.
Qabul kuni Sayyora opa kabi yana 4 nafar fuqaroning muammosi ijobiy hal etildi, 3 ta masala yechimi boʻyicha esa huquqiy yoʻnalish berildi. Shuningdek, qabul davomida xizmat joyini koʻchirish hamda imtiyozli kredit olish kabi bir qator masalalarda ham amaliy koʻmak koʻrsatildi.
Mahliyo XOLOVA,
“Postda” muxbiri.
Navoiy viloyati.
