IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash qoʻshinlariga qarashli 7258- harbiy qismda oʻz yigitlik burchini oʻtayotgan muddatli harbiy xizmatchilardan imtiyozli tavsiyanoma olish uchun Davlat test markazi Buxoro viloyati boʻlimi tomonidan test sinovlari qabul qilindi. Ushbu jarayonlarda har bir askar oʻzining intellektual bilimlarini yana bir bor sinovdan oʻtkazdi.
Test sinovlarini oʻtkazishda haqqoniylik va shaffoflikni taʼminlashga alohida eʼtibor qaratildi. Buning uchun esa katta auditoriya 28 ta kamera bilan jihozlangan va jarayonni bevosita kuzatib boorish uchun 4 nafar nazorat guruhi aʼzolari ajratildi.
Eslatib oʻtamiz, test sinovlaridan yuqori ball toʻplagan muddatli harbiy xizmatchilar imtiyozli tavsiyanomalarni qoʻlga kiritib, oily taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishda qoʻshimcha ball toʻplash imkoniyatiga ega boʻlishdi.
A.Elov,
podpolkovnik.
Buxoro viloyati.
