IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash qoʻshinlari “Buxoro” xalqaro aeroportida Xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha alohida bataloni (7258-sonli harbiy qism)ning muddatli harbiy xizmatchilari maʼnaviyatini yuksaltirish, ularda burchga sadoqat, Vatanga muhabbat tuygʻusini yanada kuchaytirish, qolaversa, madaniy hordiq chiqarishlari maqsadida bir guruh muddatli harbiy xizmatchilar bilan birga Buxoro shahridagi tarixiy obidalar, yodgorliklar va ziyoratgohlarga sayohat tashkillashtirildi.
Muddatli harbiy xizmatchilar tarixiy obidalar, yodgorliklar va ziyoratgohlarga tashrifi vaqtida qadimiy sanʼat asarlari, koʻz qorachigʻimizdek asrashimiz kerak boʻlgan, avloddan-avlodga oʻtib kelayotgan tarix durdonalari bilan tanishdilar.
Bir soʻz bilan aytganda, askarlar xalqimizning boy oʻtmishini oʻzida mujassam etgan ziyoratgohlardan chuqur taassurotlar bilan qaytishib, ajdodlarimiz qoldirgan boy merosimiz borligidan faxrlanishdi.
Mirzoqul AHADOV,
“Postda” muxbiri.
Buxoro viloyati.
