IIV Qorovul qoʻshinlariga qarashli Toshkent shahrida joylashgan 7534-harbiy qism 3-batalyon nazoratchilar vzvodi shaxsiy tarkibi uchun har kuni xizmat oldi yoʻriqnomasi oʻtkazilib kelinadi.

Bu galgi yoʻriqnomada ham osoyishtaligimiz posbonlariga mahkumlar va ularning yaqin qarindoshlari bilan noqonuniy aloqaga kirishmaslik va qoʻpol muomalada boʻlmaslik, shuningdek, xizmat intizomi va qonuniylikka rioya etish hamda xavfsizlik qoidalariga qatʼiy amal qilishlari haqida keng tushunchalar berildi.

Bundan tashqari, xizmatni vazirlik va qoʻshinlarning tegishli buyruq va koʻrsatmalariga rioya etgan holda olib borishlari hamda mahkumlarga nisbatan jismoniy kuch va tazyiq oʻtkazmasliklari toʻgʻrisida ham batafsil tushuntirildi.

Abduhamid OLLAYOROV,

kichik serjant.