Yaqinda IIV Qorovul qoʻshinlariga qarashli poytaxtimizda joylashgan 7534-harbiy qismning Zangiota tumanidagi 1-batalonida “Mahkumlar va ularning qarindoshlari bilan noqonuniy aloqaga kirishish natijasida kelib chiqadigan salbiy holatlar va ularning huquqiy oqibatlari” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Tadbirda soʻzga chiqqanlar oʻtgan davr mobaynida shaxsiy tarkib oʻrtasida sodir etilgan ana shunday holatlar, ularning kelib chiqish sabablari hamda bu kabi qonunbuzarliklarning oldini olish boʻyicha batafsil toʻxtalishdi.

Oʻz navbatida ona yurtimiz osoyishtaligini koʻz qorachigʻidek himoya qilib kelayotgan harbiylar ham bu borada oʻzlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan atroflicha javob olishdi.

Mixli SAFAROV,

“Postda” muxbiri.